|
|
Otajon Xudoyshukurov |
Bugun–mashhur hofiz Otajon Xudoyshukurov tavallud topgan kun
QALBLARDA MANGU YASHAYDI
…Sanoatning ham o’z yorug’ olami, uni jilolantirib, yashnatib turgan, b?sanoq va nihoyatda chaqnoq yulduzlari bor. Sanoat d?b atalgan bu mo’ojizalar chamangda uning bulbullard?k s?hrgar va hushovoz, el s?vib kamol topgan, pirovardida orombaxsh bu chamanning ko’rku jamoliga aylangan bu yulduzlar ham xuddi osmondagi eng yorug’, eng muhtasham sayyoralar singari ko’ngillarga ilohiy bir quvonch va hayrat bag’ishlaydi. Tabiiyki, sanoat osmonida yulduz bo’lib porlash, abadiy chaq-noq bo’lib qolish har kimga ham nasib etav?rmaydi. Bunday baxt, bunday mo’ojiza sharaf faqat Xudo b?rgan iqtidor-u ilohiy talant sohiblarigagina buyurishi, nasib etishi, bu - taorifiga til ojiz n?omat. Jahonda, uning uzviy bir bo’lagi hisoblangan Turonzaminda, xususan, Xorazmd?k azaldan mashhur sanoatkorlar diyorida ham avvalgi yuz yilliklarda bo’lgani kabi XX asrning o’zida ham qanchadan-qancha, tom maonodagi buyuk hofizlar ?tishib chiqib, s?hrgar ovozlari-yu dilbar-dilnavoz qo’shiqlari, b?nazir xonishlari bilan millionlab sanoat muxlislari ko’nglini lol qoldirib o’tishmadi, d?ysiz? O’tgan asrning sanoatdagi barcha buyuklari safidan Otajon Xudoyshukurov d?ya nomi tillarga va dillarga tushgan buyuk bir hofiz, otashin bir navozanda ham o’rin olish sharafiga muyassar bo’lgan edi.
Chindan ham, Otajon Xudoyshukurov n?cha minglab-millionlab yuraklarni, qariyb o’ttiz yildan ko’proq vaqt mobaynida o’zining b?qiyos ijrosi bilan hayratga solib k?ldi, daryod?k to’lqinlantirdi, dimog’larga ajib bir tarovat, halovat, quvonch, hayajon va lazzat, asal va sharbatlar kabi totli zavq-shavq bag’ishladi. Uning dilkusho, dilbar-dilnavoz qo’shiqlarini, har qanday shinavandani ham s?hrlay oladigan orombaxsh, sho’x va o’ynoqli ashula-yu xonishlarini kim ham azbaroyi s?l bo’lib tinglamagan, yurak-yurakdan hayratlanmagan axir?.
Davrning mashhur sanoatkorlari - Hojixon Bolta?v, Madrahim YOqubov - Sh?roziy, Komiljon Otaniyozov, Ro’zimat Jumaniyozov, Quvondiq Iskandarov singari Otajon Xudoyshukurov ham dili qo’shiqqa payvand turkiyzabon xalqlarning barchasi uchun birday ardoqli, birday aziz va qadrdon, birday maftunkor edi. U atigi ellik yilgina umr ko’rdi. Ana shu yarimgina asrning atigi o’ttiz yili umrini abadiylikka dahldor qilishga ?tarli bo’ldi. Otajon 1944 yilning 4 oktyabrida To’rtko’lda tavallud topib, 1994 yilning 22 d?kabrp kuni o’z ona shahrida olamdan o’tdi. U ellik yilgina umrguzaronlik qilib, bu yorug’ olamni erta tark etgan bo’lsa-da o’zining Olloh inoom etgan nihoyatda yoqimli, buning ustiga qudratli ovozi bilan yuraklarni momoqaldiroqd?k gumburlatib, chaqmoqlar chaqib, yashind?k charaqlab o’tdi. U O’zb?kiston, Qoraqalpog’is-ton, Turkmaniston va Tatariston r?spublikalarining xalq artisti d?gan sharafli unvonlarning sohibi, O’zb?kiston R?spublikasining Hamza nomidagi Davlat mukofoti sovrindori ham edi. Ana shu martabalarning o’zi ham uning abadiylikka dahl-dor siymo ekanligidan yorqin dalolat emasmi?.
Bori-yo’g’i yarim asrgina umr ko’rgan, el s?vgan va ardoqlagan atoqli hofizdan biri-biridan go’zal mingga yaqin qo’shiqlar guldastasid?k maonaviy mulk b?baho m?ros bo’lib qoldi. U biri-biridan orombaxsh taronalar ijro etgan, ularning d?yarlik barchasi anoanaviy Xorazm ijrochiligi uslublarida kuylanib, sanoat muxlislarining ham, o’zb?k qo’shiq-chilik sanoati xazinasining ham b?nazir durdonalariga aylanib qoldi. Otajon ijrosidagi "Kajang suvora", "Yakparda suvora", "Chapandozi suvora", "Ona suvora" turkumidagi katta ashulalar, "Samarqand ushshog’i", "S?goh" uslubida ijro etilgan "Sarvi gulruh k?lmadi", "Toshk?nt irog’i", Alish?r Navoiy, Hofiz Sh?roziy, Mashrab, Maxtumquli, Ogahiy, Partav, Abdulla Oripov, Omon Matjon, Erkin Samandar va boshqa shoirlarning sh?orlari asosida yaratgan n?cha o’nlab dil yayratar qo’shiqlari uning el-yurtga, k?lajak avlodlarga b?baho inoomlaridir. Otajon Xudoyshukurov bilan kamina ham uning sanoat olamiga kirib k?lganidan buyon yaqin do’st bo’lib, yaqindan ijodiy hamkorlik ham qilgan edik. Natijada u m?ning sh?'r va g’azallarimdan ham 50 dan ko’prog’iga dilrabo kuylar bastalab, shinavandalarga armug’on etgan edi. Ularning barchasi magnit tasmalariga yozib olinib, m?ning uchun ham ijodimdan saralangan dilbar qo’shiqlar bo’lib qoldi. Ular t?z-t?z t?l?vid?ni? va radiokanallar orqali muxlislar eotiboriga havola etilmoqda.
Otajon mashhurlik shohsupasiga yillar osha bir-bir mardona qadam tashlab, el nazari va imti-honlaridan o’tib ?tib k?ldi. Uni ilohiy talant sohibi edi, d?yishimizga chindan ham ?tarli dalil-isbotlarimiz bor. U Qoraqalpog’iston o’quvchi-yoshlarining 1953 yilda Nukus shahrida o’tkazilgan ko’rik-tanlovidayoq ilk bor g’oliblik martabasiga musharraf bo’lgan edi. O’shanda endigina to’qqiz yoshni to’latgan yoshgina bola edi. 1958 yilda - 14 yoshida g’oliblik sururidan bahramand bo’ldi. Bu gal - u O’zb?kiston R?spublikasi miqyosida o’tkazilgan yosh qo’shiqchilarning ana shunday anjumanida birinchi darajali diplom bilan taqdirlanib, birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Hojixond?k, Sh?roziyd?k, Komiljond?k ulug’lardan ijro sanoatini o’rganib, o’z mahoratini yildan-yilga oshirav?rdi. Otajon nihoyat, 20 yoshidan boshlab to 1990 yilgacha Qoraqalpog’iston Davlat filarmoniyasining "Amu to’lqini" d?b atalgan ashula va raqs ansamblida faoliyat ko’rsatdi. O’zi ham ana shu ansamblga o’n sakkiz yil davomida badiiy rahbarlik qildi. Otajon "Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan artist" unvoniga sazovor bo’lganida endigina 23 bahorni qarshilagan edi.
Otajon Xudoyshukurov xotirasi ardoqda. Hofiz tavallud topgan To’rtko’l shahridagi katta sanoat saroyi, bitta shoh ko’cha, Ellikqaloa tumani markazi - Bo’ston shahrida hashamatli madaniyat saroyi, sanoat koll?ji, bitta ko’cha bugungi kunda Otajon Xudoyshukurov nomi bilan atalmoqda. Ellik-qaloa tumani hokimligi tashabbusi bilan yosh ma-qomchilarning Otajon Xudoyshukurov nomidagi ko’rik-tanlovlarini O’zb?kiston miqyosida o’tkazishning k?ng yo’lga qo’yilganiga ham o’n yildan oshib k?tdi. Bugungacha Bo’ston shahrida b?sh marta ana shunday nufuzli tadbir bo’lib o’tdi. Bu ko’rik-tanlovlar sharofati bilan har gal n?cha o’nlab talantlar kashf etilmoqda. Anjumanlarning yuksak darajada o’tkazilishiga Ellikqaloada faoliyat olib borayotgan Otajon Xudoyshukurov nomidagi xalqaro jamg’arma diqqatga sazovor tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu nufuzli jamg’armaning tashkil etilganiga yaqinda o’n yil to’ladi.
Chindan ham, o’zb?k qo’shiqchilik sanoati rivojiga barakali
hissa qo’shgan, n?cha yuzlab b?baho va dilrabo ashulalarni el-yurt
uchun, k?lajak
nasllar uchun ma'naviy mulk qilib qoldirgan, o’zi ham o’nlab talantli va
mohir shogird-lar ?tishtirgan Otajon Xudoyshukurovning
xotirasi aziz, millionlab muxlislar yodida, boqiylikka dahldor nomi esa
hamisha ardoqda, o’lmas ruhi yuraklarda barhayot. Chindan ham uni el
juda-juda s?vib
qolgan, ashulalariga shaydo-yu maftun bo’lgan edi. Bundan k?yin ham
shunday bo’lib qolishiga iymonim komil, shak-shubha yo’q.
Erkin MADRAHIMOV.
Shogird dil izhori USTOZIM EDI
Ustoz ko’plar qatori m?ning uchun ham ijrochilik mahoratida uncha-muncha qo’l ?tolmaydigan baland bir cho’qqi edi. Uning ilohiy ist?ododiga bo’lgan bu ixlosim m?ni hali-hanuz o’z bag’rida "alla"lab k?ladi.
Otajon og’aning otashin sanoatiga muhabbat, so’nmas ishtiyoq m?ni buyuk hofiz qo’shiqlarini to’plab notalashtirish va alohida kitob holida chop qildirishga daovat etdi. M?n o’zim uchun muqaddas hisoblangan bu orzuimni amalga oshirishga muyassar bo’ldim. Ustozning maqom va anoanaviy qo’shiqchilik uslublarida ijro etgan ashulalaridan 30 tasini notalashtirib, nashr qildirdim. Oliy, o’rta maxsus, musiqa koll?jlari hamda lits?ylari uchun qo’llanma sifatida ijod qilgan bu kitobimni 2003 yilda Toshk?ntdagi "Musiqa" nashriyoti bosmadan chiqardi. Uzoq izlanish va huzurbaxsh m?hnatimning bu mahsuli o’z navbatida buyuk hofiz tavalludining 60 yilligiga ham kaminaning kamtarin bir sovg’asi bo’ldi.
Shunisi diqqatga sazovorki, ko’p
qo’shiqlariga Otajon og’aning o’zi matnlarga mos tushadigan, nihoyatda
yoqimli kuylar bastalar edi. M?n to’plab notalashtirgan qo’shiqlar
Alish?r Navoiy,
Mashrab, Ogahiy, Maxtumquli, Mulla Nafas, Abdulla Oripov, Omon Matjon,
Erkin Samandar, Oshiq Erkin, Safo Ochil va boshqa shoirlarning sanoat
muxlislari orasida ommalashib k?tgan sh?'r va g’azallaridan saralab olingan edi.
Ko’p o’tmay "Otajonning otashin qo’shiqlari" nomli bu kitobim ikkinchi
marta nashrdan chiqarildi va muxlislarga tortiq etildi. Bu - Otajon og’a
m?nga
b?rgan oq
fotihalarining quvonchli samarasi bo’lganidan g’oyatda faxr-lanaman.
Samandar XUDOYB?RGANOV, Urganch Davlat univ?rsit?ti "Musiqa" kaf?drasi o’qituvchisi.
QO’SHIQLARI JON ROHATI
Otajon Xudoyshukurovning salobatli
jussasida ilohiy va yorqin bir iqtidor, nihoyatda odamiylik singari
b?baho
fazilatlar, o’ziga xos vazminlik mujassam edi. Ch?hrasi nurli, tabassumlari ham
ashulalariday orombaxsh va nihoyatda yoqimli edi. Uning yuraklarni
yayratadigan ashulalari faqat o’zigagina xos va baland pardali xonishlari
hali o’zi barhayot paytidayoq qo’shiq muxlislarining ma'naviy mulkiga
aylanib ulgurgan edi. Otajon
el-yurtga tanilib k?layotgan yillardan
boshlab biz uning bilan qalin do’st va birga tug’ishgan
og’a-inid?k qadrdon bo’lib qoldik. O’zim bolaligimdanoq
qo’shiqchilik sanoati shaydosi edim. Otajon Xudoyshukurov bilan
do’stligimiz esa qo’shiqqa bo’lgan m?hr-muhabbatimni
yanada oshirib yubordi. Uning mumtoz maqom yo’llarida ijro etgan qo’shiq
va ashulalarini magnit tasmalariga yozib olish va to’plashga, pirovardida
ommalashtirishd?k sa'yi harakatlarga astoydil b?l
bog’ladim. XX asrning mashhur hofizlaridan biri darajasiga ko’tarilgan,
millionlab muhlislar orttirib, ularning samimiy m?hr-muhabbatlariga
sazovor bo’lgan do’stimning d?yarlik barcha
ashulalari va qo’shiqlarini, o’ynoqi va jozibali raqs-kuylarini mangulikka
dahldor qilib magnit l?ntalariga yozib
oldim. Muxlislar qo’llarida to’planib qolganlarini ham ishtiyoq bilan
to’plashga kirishdim. Buni ko’pchilik yaxshi biladi. M?ndan
ko’pincha Otajon Xudoyshukurov ijro etgan qo’shiqlar yozib olingan
tasmalar hamda kompakt disklarni so’rab k?lishadi. Ularning
iltimoslarini quvonib bajo k?ltiraman. Boqiylikka dahldor do’stim minglab magnit tasmalarida
emas, balki m?ning qalbimda ham umrbod yashab qolganidan, uning
jonlar rohati hisoblangan jo’shqin ovozi-yu xonishlarini sanoat
muxlislariga tasmalar hamda kompakt disklarda armug’on etib, o’z navbatida
eldan rahmatlar eshitayotganimdan g’oyatda quvonaman. Otajon og’aning
olamdan o’tganiga qariyb o’n b?sh yil bo’lib qoldi.
L?kin uning ikkinchi umri qo’shiq shaydolari yuragida
davom etmoqda. O’zidan yaxshi nom va b?baho maonaviy
m?ros qoldirgan sanoatkor uchun bundan ortiq baxt
bo’lishi mumkinmi axir?. Bunday
baxt Otajon Xudoyshukurovga ham nasib etgani ko’nglimizga olamjahon
tasalli b?radi. Ozod HAYITOV, tadbirkor, ovoz yozish studiyasi sohibi. Maxsus dasturlar
Otajon Xudoyshukurov bilan oxirgi suhbat (ziyouz.com...arxiv)
...Asl qo‘shiq, haqiqiy qo‘shiq insonga behisob
huzur-halovat berib, jonning firog‘ini yozadi, dilning g‘uborini yuvadi.
Shunday qo‘shiqlarni ijro etish masalasida qoraqalpog‘istonlik san’atkor —
to‘rt respublika xalq artisti rahmatli hofiz Otajon Xudoyshukurovning
oldiga tushadiganlar kam edi. Taqdir ekan, bevaqt o‘lim bu insonni
oramizdan juda erta olib ketdi. Taniqli jurnalist Ro‘zimboy Hasan Otajon
Xudoyshukurov bilan 1993 yilning avgustida so‘nggi bor uchrashib ma’noli
va shiringina suhbat qilgan edi, E’tiboringizga o‘sha suhbat hamda
Ro‘zimboy akaning Otajon hofiz to‘g‘risidagi ehtirosli zikrlarini havola
etamiz. Bundan, albatta, hofizning ruhlari shod bo‘lsin, tirikligida
ko‘rgan-kechirganlari shogirdlari, san’atkor o‘g‘il-qizlariga saboq
bo‘lsin degan niyatimiz bor... Ro'zimboy Hasan — Otajon aka, avval
ustozlardan gaplashsak, Siz mashhur xalq hofizi Komiljon Otaniyozovning
shogirdlari ichida eng taniqlisiz. U zot bilan qachon tanishgansiz? — 1960 yil edi. Rahmatli tog‘amiz ham
ashulachi edilar. Shu yil Toshkentga o‘qishga musiqa bilim yurtiga
borganman. U paytlar chekka qishloqdan borgan bizdek havaskorlarga
konservatoriyaga kirish shirin orzu edi... Ishqilib, bir kun tog‘am
Komiljon ustozning uylariga olib bordilar. — Shungacha
u kishini ko‘rmaganmisiz? — Ko‘rganman, qo‘shiqlarini eshitganman. Lekin
yaqindan tanishib suhbatini olish, shogird tushish endigina qo‘shiq
olamiga kirib kelayotgan o‘smir uchun yetib bo‘lmas xayol edi... — Necha
yoshingizdan qo‘shiq ayta boshlagansiz? — To‘qqiz. Bir necha marta havaskorlar
ko‘riklarida qatnashib, “laureat” degan nom ham olganman. U paytlari
maktabda o‘qib yurganlarni viloyat va respublika ko‘riklariga olib borish
an’anasi bo‘lardi. — Keyin... shogirdlikka tushdingiz. — Birdaniga emas. Komiljon aka duch kelgan
havaskorni, qo‘liga tor tutganni huzuriga chaqirtiraveradigan
san’atkorlardan emasdilar. U kishining didi baland edi. — Xarakterlari-chi? — Nima desam ekan? Juda qiziq edilar. Haddan
ortiq ishonuvchan, umrida bir og‘iz yolg‘on gapirmagan ustoz, birovning
gapiga ishonib, to‘nini teskari kiyib ketadigan odati bo‘lardi. Oraga
sovuqlik solishni istaydigan hasadgo‘y, ichi qora odamlar ozmi? — Hammasi
shunchaki yolg‘on bo‘lmagandir. Ustozning bevalari Imsinoy opa bir
suhbatida “Komiljon akaning hamma shogirdlaridan ko‘ngli to‘q emasligi”ni
aytib qoldilar. Ustoz chin dunyo kishisi bo‘lib ketgach, tirikligida
eshigini supurib yuradigan shogirdlarining ayrimlari bir marta ham xabar
olmaganliklaridan nolidilar... Komiljon akani so‘nggi marta qachon ko‘rgan
edingiz? — Ustoz 1975 yili noyabr oyida bandalikni bajo
keltirdilar. Shu yilning bahori edi. Martda, yo‘q, aprel oyida ustoz bilan
baliq ovida bo‘ldik, Sho‘rko‘lda. O‘shanda oxirgi marta uchrashganimiz.
Yana bir gap: bu paytda har kimning boshida xizmat vazifasi bo‘lib,
qandaydir mavsum, kampaniyalar bois, tinmasdan gastrollarda yurardik. Yana
davlat rejasi degan gap bo‘lardi... — Komiljon aka
kommunistik partiya a’zosi bo‘lmagani uchun o‘sha vaqtdagi ayrim rahbarlar
ko‘ziga yomon ko‘ringan ekanlar. Siz o‘zingizga nisbatan bunday
munosabatni sezganmisiz? Umuman, rahbarlar bilan hamisha chiqishib
ketaverardingizmi? — Men ham hech qachon biror partiya a’zosi
bo‘lmaganman. Lekin biror marta buning zarari tekkanini sezmadim.
Rahbarlarga kelsak, yo‘q, hamma bilan birdek munosabatda bo‘lish qiyin.
Xudoyberganov degan
(fan nomzodi, asli kasbi muallim) bir odam yetmishinchi yillarda taqdir
taqozosi bilan Qoraqalpog‘istonda madaniyat vaziri bo‘lib qoldi. Oramizda
biror gap qochgani yo‘g‘-u, negadir meni filarmoniyadan chetlatish
harakatiga tushdi. Oxir-oqibatda obkom kotibi Qallibek Kamolov qabulida
bo‘ldim. O‘shanda Kamolov meni himoya qildilar. Bu ham qiziq tafsilot: men arazlab ishga bormay
yurgan kezlarim, kimdir bu masalani kattaytiribdi. Bir kuni obkomga
chaqirtirishdi. Bordim. Kamolovning qabulida madaniyat vaziri
Xudoyberganov ham o‘tiribdi. Birga kirdik. Kamolov hech bir izoh, axborot
eshitmasdan Xudoyberganovga savol berdi: “Bilim yurtlarida traktorchilikka
o‘qiyotgan yuzta talabadan nechtasi traktorchi bo‘ladi?” Madaniyat vaziri
og‘zini ochmasdan o‘zi aytdi: “Saksonta, boringki, to‘qsonta! Lekin sening
musiqa bilim yurtingga yuzta havaskorni qabul qilib, o‘qitishsa, ulardan
nechta Otajon chiqarkan? Bitta ham chiqmaydi! Bildingmi?! Otajonga tegma!”
Madaniyat vaziri qizarib ketgan... — Qiziq, qarama-qarshiliklar: to‘rt respublika xalq artisti, Hamza nomidagi Davlat mukofotining qo‘shiqchilar orasidagi birinchi sovrindorisiz, Lekin sizni dunyo kezgan san’atkor deb bo‘lmaydi. ----Avvallari
yuqori doiralarda har bir san’atkorning “o‘z odami” bo‘lardi. Shularning
yordamida televizorga chiqar, radiodan har kuni qo‘shiq aytar, istagan
mamlakatga borib kelardi. Xullas, bunday san’atkorning ijodiy faoliyati
silliq kechardi. Hozir bu masala qanday, bilmadim. — Yana
ustoz-shogird munosabatiga qaytaylik. Sizlar – Komiljon akaning
shogirdlari, ko‘pchiliksiz. Barchangizda “xalq artisti” degan unvon bor.
Kechirasizlar-u, munosabatlaringiz qanday? — Yaxshi. Ortiq Otajonov bilan yaqin
bordi-keldimiz bor. Birortasiga hasad ko‘zi bilan qaramaganman.
Yutuqlariga havas qildim, kamchiliklarni yuzlariga aytdim. — Shu yil
bahorda “Turkmaniston xalq artisti” unvoniga sazovor bo‘ldingiz. — Qo‘shiq chegara bilmaydi. Musiqaning millati
yo‘q. Turkman elining Toshhovuz va Chorjo‘y viloyatlarida necha yuz
martalab xalq orasida qo‘shiq aytganman. To‘ylariga borganman.
Men kasalxonada
yotgan payti shu xabar kelib qoldi. — Otajon og‘a,
san’atkorning xastalanib qolishi, vaqtincha qo‘shiq aytmayotgani el
orasida darrov bilinadi-qo‘yadi. — Nachora! Taqdir bu. Ketma-ket ikki marta
og‘ir xastalandim. Buning ustiga, davolanib yurgan paytim avtomobil
falokati ro‘y berdi. Deyarli bir yil bo‘ldi, qo‘shiq aytmayapman. — Qo‘shiq
aytib xalq orasida yurgan odam, taqdirning bu yozug‘idan xafa
bo‘lmadingizmi? — Do‘stlarim, tanish-bilishlar, shogirdlar
yakkalatib qo‘yganlari yo‘q. Qaerga borib davolanmay, xabar olishadi.
Ko‘ngil so‘rashadi. Shogirdlarim ko‘rgani borishsa, “qani, torni ol,
qo‘shiq eshitaylik”, deyman... Hozir o‘zimda ham aytish ishtiyoqi bor,
lekin torni chalishga barmoqlarimda kuch yo‘q. Xudo nasib qilsa, bir kun
albatta qo‘limga yana tor olaman! — San’at
olamida sizga ma’qul kelmaydigan salbiy holatlar? — Mahalliychilik balosi. “Bu falon yerning
artisti”, “Bunisi falon viloyatning qo‘shiqchisi” kabi ayirmachilik
qilish. — Ko‘plar
Komiljon akani ustozim deydi... — Men Rasul qorini, Fattohxon Mamadalievlarni
ham ustozim deb bilaman. Aslida sendan bir ko‘ylak oldin to‘zdirgan
san’atkor – ustozingdir. Komiljon aka shunday o‘rgatganlar. U kishining
tilidan biror marta bo‘lsin mahalliychilikni, ayirmachilikni eshitganim
yo‘q. U kishi bilan bir davrda yashab o‘tgan ulug‘ san’atkorlarning
barchasi haqida shunday xotirlashadi. — Komiljon aka
yaratgan qo‘shiqchilik maktabida bir qator taniqli san’atkorlar yetishib
chiqdi, dovrug‘ yoydilar. Ammo qarangki, endilikda u kishining shogirdlari
bo‘lmish sizlarning avloddan qo‘shiqchilar orasida dovrug‘dorlari kam.
Yo‘q demoqchi emasman. — Hamma ham Komiljon bo‘lavermaydi! —
Shogirdlaringiz orasida sizning o‘rningizni bosadigani bormi? Qachon
chiqadi, yaqin oradami yo... — Bu har kimning xarakteriga bog‘liq. — Shogirdlikka
olganda masalaning shu tomoniga e’tibor bermaysizmi? — Men aytmoqchi bo‘lgan xarakter keyinchalik
paydo bo‘ladi. Shohona koshona, yengil mashina, mol-dunyo nafsiga
yo‘liqqan san’atkordan umid yo‘q. Yangi qo‘shiq yarataman, falon kuyni
o‘rganmoqchiman, deb yugurib-elib, izlanib, tirishib yuradigan yoshlardan
ko‘ra, qaysi to‘yga borsam ko‘proq pul toparkanman, deydiganlar
ko‘p... — Bunga o‘tish
davrining qiyinchiliklari majbur qilayotgandir? — Qo‘shiqchi har qanday zamonda ham
mol-dunyodan ustun turmog‘i kerak. Unga boshpana bo‘ladigan bir kulba,
ustiga kiyim-boshdan boshqa ne zarur? Maxtumquli topib aytgan: “Dunyo
degan bunda ziyon ko‘rar!” Pul ketidan quvgan san’atkor borki, asta-sekin
xalq nazaridan qolib boraveradi. — Siz shu
manzilda – daryo sohilidagi To‘rtko‘lda tug‘ilgansiz. Butun umringiz shu
yerda o‘tmoqda. Qishloqdan chiqmay turib, shu darajada obro‘ga, unvonlarga
sazovor bo‘lish mumkin ekan-da. — Mening xayolimga avval boshdan ham unvonlar
kelmagan. Qiziqmaganman. Ular ketidan quvib yurmadim. — Shuning
uchunmi, Omon Matjon sizni “Uchinchi daryo” deb, she’r bitgandi. — Aslida shunga yaqin fikrni rahmatli ustozim
Komiljon aka aytganlar: “Daryo ortida birisi bor, shunga mening o‘rnimni
bosadi”, deb. Omon shunga ishora qilgan. Asli qo‘shiqchilikda daryo –
Komiljon aka. Biz shu ulkan daryoning irmoqlarimiz. — Shu kungacha
nechta qo‘shiq aytganingizni hisoblab ko‘rganmisiz? — Yetmishinchi yillar boshida shogirdlarimga
aytdim, daftar-qalam olib hisoblab ko‘ringlar, nechta qo‘shiq aytganimni
deb. Ular uch yuzta deyishdi. Bunga ham yigirma yillar bo‘ldi. Hozir
minglar chiqar. — Hammasi
o‘zingiz yaratgan qo‘shiqlarmi? — Hammasi emas. Mumtoz qo‘shiqlar bor,
barchamizning tanglayimizni ko‘targan, ular – xalq mulki. Olti-etti
yilgacha, Komiljon akaga shogird paytim, u kishining har bir qo‘shig‘ini
aytib yurdim. Toki o‘zimning mustaqil yo‘limni, uslubimni to‘la
shakllantirguncha. Bir marta Komiljon aka aytgandilar: “O‘g‘ri shogirdim”,
deb. Negaki, u kishining og‘zidan chiqqan har bir qo‘shiqni shu ondayoq
o‘zlashtirib olardim, aytardim. Ba’zilarini ustozdan oldin televizorga
chiqib aytgan paytlarim ham bo‘lgan. —
Qo‘shiqchining kuylash asosida turli fikrlar aytishi, odamlarga murojaat
qilishiga qanday qaraysiz? — Qo‘shiqchi qo‘shig‘ini aytishi kerak. U
siyosatchi yoki ma’ruzachi emas. Bir-ikki so‘z aytgani bilan qo‘shig‘ining
dovrug‘i oshib qolmaydi. — Qo‘shiq
aytish joningizga tekkan, “Bor-e!” deb qo‘l siltab ketishni istagan
paytlaringiz bo‘lganmi? — Bo‘lgan. Lekin, qo‘shiqsiz yashashni tasavvur
qilolmaganman. —
Hayotingizdan mamnunmisiz? — Xudoga shukr... * * * Deyarli bir yilki, og‘ir xastalik tufayli
qo‘liga tor ololmayotgan mashhur qo‘shiqchi bilan choy ustidagi
suhbatimizning bir qismini qog‘ozga to‘kdik. O‘zimizcha, izoh berishga,
kimnidir yoqlash, kimnidir maqtash, kimni esa ayblashga intilmadik. Siz ham darrov xulosa chiqarishga intilmang,
aziz gazetxon. Tevarakka nazar soling, san’at olamiga boqing.
Qo‘shiqchining qay gapi haq, qaysisi shaxsiy fikri ekanini anglab
olasiz. ...1993 yilning bahori edi. Vohada mashhur
shoir Omon Matjonning yarim asrlik to‘yi munosabati bilan shoirning ota
uyida bo‘lgan osh va uchrashuvda qishloq ahli Otajon og‘adan qo‘shiq
aytishni so‘rashdi. Talab qilishdi, desak to‘g‘ri bo‘lar. Otajon aka so‘z
olib, uzrini aytdi, tez orada sahnaga qaytishini eslatdi. Xastalik tufayli
bir yildan ortiqroq vaqt qo‘shiq aytmayotgan, to‘y-tantanalarda tor
ushlamagan hofizni muxlislari sog‘inib qolganliklari ko‘rinib turardi. Otajon aka bilan shu masalada kelishib oldik.
Hatto qaysi daryo oshib uyiga borishgacha. Ammo aytilgan kuni hofiz uyida
yo‘q ekanlar. Ayoli kasalxonada, deb qisqa qilib qo‘yaqoldi. Keyin bilsak,
ikki marta insultga uchragan hofizning boshida yana bir yozug‘ bor ekanki,
Xorazmga boraverishda (qaysidir do‘xtirdan muolaja olib yurgan payti)
tasodifan yo‘l falokati sodir bo‘ladi... Nihoyat, hofiz oyoqqa turgach, o‘sha yilning
avgust oxirlarida yuqoridagi suhbat uyushtirildi. O‘sha paytda Otajon aka
hassatayoqqa suyanib, zo‘rg‘a yurardilar. Uch soatlar chamasi
suhbatlashdik. Diktofonga barcha fikr-mulohazalarini tushirdim... ...1994 yilning 12 noyabri. Ustozimiz, vohalik
taniqli jurnalist Husayn Rahmon nevarasini sunnat qildirdi. Davra keng,
mehmon ko‘p edi. Bir mahal hamma o‘rnidan turdi – davraga Otajon og‘a
kirib kelgandilar. Uni shogirdlari suyab olishgandi. Tabrik so‘zi hofizga berildi. “Do‘stimiz
Husaynga va’da qilganim bor edi, agarda tanamda jonim bor ekan,
nevarangning to‘yida albatta qo‘shiq aytaman, deb...” Hofiz qo‘shiq boshladi. “To‘ylar muborak”
yangradi. Davra jim. Tanish ovoz, saldomli nafas. Go‘yo hech nima ro‘y
bermagan, hofizning xastaligi unut bo‘lgan. Ikkinchi qo‘shiq boshlandi. Endi bizni hayajon
emas, hayrat chulg‘agandi. To‘y sababchisi unut bo‘ldi, endi so‘z olganlar
hofizga sog‘liq tilashar, uni qo‘shiq olamiga, sahnaga tag‘in qaytgani
bilan qutlashardi. Husayn Rahmon esa ko‘zlaridan oqayotgan yoshlarini tiya
olmasdi... “Daryo yana jo‘shdi!” dedi jurnalistlardan
biri. Bu hofizning tag‘in sahnaga qaytganiga aytilgan tashbeh edi. Afsus! Oradan qirq kunlar o‘tgach, daryo
ortidan shum xabar keldi... Atigi sakson kun oldin ellik yilligini
nishonlagan qo‘shiqchi oramizdan ketgan edi. Hofiz 1994 yilning 23 dekabrida To‘rtko‘l tumanidagi Norinjonbobo qabristoniga dafn etildi.
"Uchinchi daryo" “Biz
Kor?yada ishlayotgan o’zb?k yigitlarning siz
Ozodlik radiosi tahririyatidan bir iltimosimiz bor. Shu yilning 4 oktyabri
marhum san'atkor O’zb?kiston? Turkmaniston?
Qoraqalpog’iston va Tatariston xalq artisti Otajon Xudoyshukurovning
tug’ilgan kuni. Agar u kishi tirik bo’lganlarida 65 eshga kirgan bo’lar
edi. Ustoz san'atkor haqida eshittirish b?rishlaringizni
iltimos qilamiz. Tursunboy, Zafarb?k,
Ilhomb?k, Hamidjon, B?kt?mir va
Ruslanb?klar nomidan Tursunboy Otabo?v” Otajon Xudoyshukurov
1944 yilning 4 oktyabrida To’rtko’l shahrida tug’ildi; 1994 yilning 22
d?kabrida olamdan o’tdi. Xudoyshukurov 50 yil
umr ko’rgan bo’lsa ham hurmat va e'tirofdan b?bahra qolmadi. U hali
9 eshida ekanida r?spublika miqesidagi
qo’shiq tanlovi g’olibi bo’ldi. 23 yoshida Qoraqalpog’istonda xizmat
ko’rsatgan artist unvoniga ega bo’ldi. K?yinchalik u
O’zb?kiston, Turkmaniston, Qoraqalpog’iston va Tatariston
xalq artisti unvonlari sohibi bo’ldi. Hamza nomidagi davlat mukofotiga
loyiq ko’rildi. "Otajon Xudoyshukurov
m?ning yaqin do’stim edi"? d?b gap boshladi shoir
Omon Matjon. - Shaxsan biz ikkimiz
juda yaqin do’st edik. U Toshk?ntga k?lsa?
m?n u eqqa borsam to’xtovsiz ko’rishib turar edik?
d?ydi Omon Matjon. 1981 yilda Toshk?ntdagi Sv?rdlov konts?rt zalida Otajon Xudoyshukurov konts?rt b?rgan edi. Oq rangli "Gaz 24" mashina, qo’lida Shv?ytsariyada ishlangan soat, bashang kiyingan odam sifatida esda qolgan edi Otajon aka. Xo’sh, bu bashanglik
qobig’idan ichkari kirsak qanday odam edi u hayotda, d?b savol
b?ramiz Omon Matjonga. Omon Matjon: Hofizlar kiyinishi
k?rak? yurishi k?rak? dunening ko’p
joylarida bo’ladi. Ular qanday bashang kiyinsa? eshlarimiz ularga qarab
o’rnak olsa yaxshiku. Ozodlik: Oddiy haetda qanday edi u kishi? Siz
u kishini yaqinroq bilasizda. - Juda ham sodda?
oddiy. Uyga ko’p k?lib turgan?
d?ydi Omon Matjon. "Agar Otajon
Xudoyshukurov Italiyada tug’ilganida edi? Pavarotti kabi op?ra hofizi
bo’lgan bo’lar edi"? d?gan fikrni aytgan edi
bir suhbatda xorazmlik rassom Ikrom Qalandarov. - M?n
Otajonning o’ziga “S?n Navoiy
t?atriga k?lib ishlab
ko’rmaysanmi? Ovozing op?raga juda ham
tushadi” d?b aytganman. U m?nga “ Omon Matjon o’z
do’sti Otajon Xudoyshukurovga bag’ishlab sh?'r ham ezdi. “Uchinchi dare”
d?gan bu sh?'rni Otajon
Xudoyshukurov qo’shiq qilib ham aytgan edi? d?b eslaydi Omon
Matjon. - Agar eshitgan bo’lsangiz? m?n unga “Uchinchi dare” d?gan sh?'rni bag’ishlaganman. Agar xohlasangiz? o’qib b?raman. Gohi m?n Sirdaryo
sayriga borsam Ko’nglimga
k?ladi qiziq bir tuyg’u Go’yo shu yaqin
joydan oqib yotganday Sirdaryodan ko’ra kattaroq bir suv. Shu holga tushaman
Xorazmda ham Buyuk Amudare bo’yida
turib Go’yo Jayhundan ham
bahaybat nahr Yaqingina joydan oqar o’kirib. Bu nima, ko’rinmas
qanday oqim bu Yerdanmi ko’kdanmi
k?lar bu sado Nahot tuprog’imda
ko’zga tashlanmay Oqib etgan bo’lsa uchinchi dare. Bilmadim
m?ni ko’p ta'qib etadi Shu sirli aks-sado,
shu ilohiy un Juda yuksak bo’lar
ruhim shu k?zlar Vujudim va m?nga judayam yaqin. - Rahmatli Otajon bu sh?'rni juda yaxshi ko’rardi. Uyga ko’p k?lib-k?tar edi, shuni o’qib b?ring, d?yav?rar edi. Yaxshi do’st edik. Ovozi endi qudratli ovoz, d?ydi Omon Matjon. Tabassum qil O’zi odatda
"Chodirxael" dasturining “Tanish qo’shiqlar” sahifasi alohida bo’lar edi.
Ammo bu safar quyushqondan chiqib, bu sahifani Otajon Xudoyshukurov
haqidagi eshittirish ichiga joyladik. Otajon Xudoyshukurov
shoir Omon Matjonning “S?ni yaxshi ko’raman”
turkumiga kiruvchi “Tabassum qil” sh?'rini qo’shiq qildi.
Bu qo’shiq u haqida suratga olingan hujjatli filmdan ham o’rin oldi?
d?b eslaydi jurnalist Ro’zimboy Hasan. - "Tabassum qil" ham
boshqacha. Otajon aka og’ir? qadimgi mumtoz qo’shiqlarni aytib tilga
tushgan odam edi. Ovozi baland edi. ?ngil yo’lda, lirik
qo’shiqlarni ham maromiga ?tkazib ijro qilar
edi. "Tabassum qil" qo’shig’i ham shu jumlaga kiradi. Otajon aka haqida
ishlangan hujjatli filmga ham bu qo’shiq kiritilgan. Bir eshitganda bu
qo’shiqlarning so’zlarini edlab qolish mumkin. So’zlari shunaqa sodda.
Hozirgi zamon qo’shiqlaridan farqli. Hozirgi zamon qo’shiqlariga
?vropa va boshqa joyning musiqalari aralashib
k?tgan? d?ydi Ro’zimboy Hasan.
O’tgan asrning 80-
yillarida aytilgan bu qo’shiq past ohangda boshlanib birdan
rak?ta kabi shiddat bilan avjga chiqadi. Aynan shu avjni
eplay olmagani bois Otajon Xudoyshukurovga taqlid qiluvchilar
d?yarli yo’q? d?ydi Omon Matjon. Omon Matjon: To’g’risi ovozi ?tmay tark etadi. M?ning Dram krujokdan
k?tganim aytay? Kuygayning avjiga ovozim ?tmay, d?gan
sh?'rim bor. Maktabda o’qib yurgan paytlarimda qarasam?
ovozim ?tmayapti. D?mak? m?nda ovoz
yo’q. Shu paytda bu sohadan boshqasiga o’tib k?tganman. O’qish
davrimiz Samarqand univ?rsit?ti? ulug’
domlalarimiz. Ozodlik: Ko’p odamlar Muhriddinga?
Sh?raliga taqlid qiladi. Otajon akaga taqlid qilish
qiyin, sh?killi. Omon Matjon: Otajonda qudratli ovoz? o’ziga
yarasha kuchi borda. Dunedan o’tganini eshitib? m?n juda xafa bo’lib
nima ezganman. Oqqan dare
tindimu? Oltin torim
sindimu? Otga boshqa
mindimu? O’rtadagi do’st qani. Qayiq qumga
urildi? Asr zumga urildi? Yurak simga
urildi? O’rtadagi do’st qani. Fano? baqo
n? ishdur? Bir birovni
quvishdir? Izindan "voh"
d?yishdir? O’rtadagi do’st qani. Ikki dare orasi? Uch yuz oltmish
qal'asi? Izlar hofiz nolasi?
O’rtadagi do’st qani. Ozodlik: M?n int?rn?tda u kishining o’limidan oldingi vid?osini ko’rdim. Soqollari o’sib k?tgan? tushkun bir kayfiyatda. Nima bo’lib bu kishi olamdan o’tdi? Qanday muammosi bor edi bu kishining? - Eshlik paytidan ham
yuragi ko’p b?zovta qilar edi. Dunedan o’tganini eshitib? “Voy? voy?
voy. Ikki dare orasidagi qudratli ovoz k?tdi. O’rnini nima
to’ldiradi?” d?b o’tirsam? k?yin Muyassar xonim
Razzoqova chiqdi. Ularning to’yida “Mana Xudoyim ikki dare oralig’idan
yana bir qudratli? kuchli ovozni? baxtni b?rdi” d?b aytdim.
Bularni shunday eslab turish yomon bo’lmaydi? d?ydi Omon Matjon. Bugungi kunda
an'anaviy Xorazm yo’nalishida qo’shiq aytadiganlar Komiljon Otaniyozovni
o’ziga ustoz d?b bilishadi. Shu ma'noda Komiljon Otaniyozovga eng
yaqin shogird sifatida Bobomurod Hamdamov? Ortiq Otajonov va Otajon
Xudoyshukurovlar tilga olinadi. Xo’sh? ularning qay biri Komiljon
Otaniyozovning asl izdoshi? Prof?ssor Ahmad hoji
Xorazmiy xotiralariga quloq solamiz. Ahmad hoji Xorazmiy: Nafaqat Xorazmda? balki
Tavakkal Qodirovlar ham Komiljon akani o’zlariga ustoz d?b bilib? u
kishidan fotiha olishgan. Shu jumladan Ortiq Otajonov ham? Olmaxon
Hayitova ham? Bobomurod Hamdamov ham? Otajon Xudoyshukurov ham Komiljon
akaning rasmiy shogirdlari hisoblanadi. To’ylardan k?yin
o’zingiz bilasiz? yaqin odamlar o’tirib bazm bo’ladi. Ozodlik: Shog’ol bazm, d?ydi uni.
- Ha? ha. Shunday
bazmlarning birida “Komiljon aka? mana ikki eng kuchli shogirdingiz
Bobomurod Hamdamov va Otajon Xudoyshukurov eningizda. Shularga bir
aytishuv ayttiring. Bizlar qaysi bir kuchli ekanligini ko’raylik”
d?b aytishgan. Komiljon aka juda aqlli inson bo’lganda.
“Agar shunday bo’ladigan bo’lsa? bularning biri pastroq tushadigan bo’lsa?
odamlar nazdida qanday ahvolda qoladi” d?b o’ylab? “Ixtier
o’zlarida. M?n aytishuv aytinglar eki aytmanglar d?b
aytmayman” d?gan. Shunda Otajon Xudoyshukurov “M?n
aytishuvga tayerman” d?gan. Bobomurod
Hamdamov bo’lsa “Chorjo’yda m?ning boradigan joyim
bor. M?ni kutib turishibdi. M?n bormasam bo’lmaydi.
M?nga ruxsat b?rasizlar”
d?gan. Bu bo’lgan voq?a. Bu gap hatto Komil
Avazning “Olis ohanglar” d?gan kitobida ham
ezilgan. O’sha paytda Komiljon Otaniyozovdan k?yin Otajon
Xudoyshukurovning oldiga tushadigani bo’lmagan? d?ydi Ahmad hoji
Xorazmiy. Suhbatga Otajon
Xudoyshukurov haqida kitob nashr qildirgan xorazmlik jurnalist Ro’zimboy
Hasan ham qo’shildi. Ro’zimboy Hasan: Komiljon akadan “Sizdan
k?yin sizning o’rningizni bosadigan shogirdingiz bormi?”
d?b so’rashgan. Bu bir davrada so’ralgan bo’lsa
k?rak. Matbuot uchun so’ralmaganda. Shunda “Darening
orqasida bittasi bor” d?b Otajon akaga ishora
qilgan. Qo’pol bo’lsa ham aytay. “Darening orqasida bitta ho’kiz bor”
d?b aytgan d?yishadi. Noto’g’ri
gap bu. Darening orqasida bor d?b? l?kin ishora
qilgan. Ahmad hoji Xorazmiy: M?n shuni
aytmoqchi edimku? l?kin aytmay turgan
edim. Buni Ro’zimboy aytdi. Jurnalistda bu. U “M?ning o’rnimni
bosadigan bir odam bor. Agar o’zini yaxshi tutib yursa? shu o’rnimni bosa
oladi” d?b aytgan. Bunisini ham eshitganman. Ro’zimboy Hasan: Ichkilikni tashlasa
d?b aytgan. Otajon aka ichar edi. Komiljon aka
eqtirmagan buni. Shu maqsadda aytganlar bu gapni. Endi buni
aytav?rish k?rak. U davrning
ijodkorlarga xos illat bu. Shuning uchun ham unchalik ma'qul ko’rmaganlar.
Imsinoy opam “Shuning uchun ham fotiha b?rmagan”
d?b aytar edilar. - Komiljon akaning
o’zi namozxon odam edilar. Aroq ichadigan odamlarni emon ko’rar edilar?
d?ydi Ahmad hoji Xorazmiy. So’nggi
konts?rt Yuragi xasta Otajon
Xudoyshukurov o’limiga sanoqli kunlar qolganida? o’zining so’nggi
qo’shig’ini aytdi. Mahalliy jurnalist Husayn Rahmon hovlisida aytildi bu
qo’shiq. - O’lmaslaridan 16
kun oldin qo’shiq aytganlariga guvoh bo’ldik. Bu oxirgi kasal bo’lgan uch
yilda so’nggi qo’shiq aytishi edi. Husayn Rahmon n?varasiga sunnat to’y
qilganida Otajon aka k?ldi. Qo’lidan ushlab
olib k?ldilar. O’shanda Otajon aka “Agar m?n tirik
bo’lsam? shu n?varangni uylantirganingda m?n qo’shiq aytaman”
d?gan ekan. Odam ko’p edi.
To’ylar muborakdan boshladi. “O’rtanaman? enaman” d?gan
ashulasi bor. Bu qo’shiq u kishining ahvoliga mos tushdi. Xasta bo’lgan
bo’lsa ham ovozi o’zgarmagan ekan. Hamma odamlar yig’ladi. Husayn Rahmon
“Vrachlar ta'qiqlagan bo’lsa ham shuncha yil aytmay yurib? bugun aytdi?
va'dasida turdi” d?b ertasiga sadaqa
b?rdi. Vafotidan ikki hafta oldin edi. Ovozi o’zgarmagan
ekan. Jonli ijro qildi. Musiqasini enida shogirdlari chalib turishdi.
M?n o’sha paytda gaz?taga “Dare yana
toshdi” d?b ezib chiqdim. Chunki Otajon aka uch yil
d?ganda ashula aytdi. O’lguncha ovozini yo’qotmadilar.
Jismonan majruh bo’lsalar ham ovozi shunday qoldi? d?ya eslaydi
Ro’zimboy Hasan. O’zb?kistondagi
bir n?cha hofiz Otajon Xudoyshukurov o’z torini
m?nga qoldirib k?tgan? d?gan
rivoyatni gapirib yuradi. Xo’sh? Otajonning tori kimga nasib qildi? - Buni ramziy ma'noda
tushunish k?rak. Ellikqal'ada har ikki yilda bir marta Otajon
akaning xotirasiga bag’ishlangan tanlov bo’lib o’tadi. Eshlar boradi?
barcha viloyatlardan k?lishadi. Shu tanlovda
Otajon akaning aellari Quvonch opa ham ishtirok qiladilar. Shu tanlovda
birinchi o’rinni olganlarga tor b?riladi. Bu torni
olganlar shogird bo’lish u eqda tursin Otajon akani umuman ko’rmagan
bo’lishi ham mumkin. O’shanda olingan torlar
bo’lishi k?rak. "Komiljon akaning
tori falonchada qoldi", d?gan gaplar ham
yuradi. M?n buni Imsinoy opadan int?rvyu qilib? ezib
olganman. Imsinoy opaning aytishi bo’yicha? Komiljon akaning shogirdlari
aytishuv qilib? Bobomurod Hamdamov ?nggan va torni olib
k?tgan. K?yin Komiljon aka
Imsinoy opaning tushiga kirib? “Tor qani?” d?b so’raganlar.
K?yin Imsinoy opa Toshhovuzga borganlar va Bobomurod aka
bilganday “m?ning ham tushimga kirdi” d?b chiqarib
b?rganlar. Tor masalasini ramziy ma'noda tushunish
k?rak. Ular o’z qo’li bilan bir-biriga tor
b?rmagan. Shu ikki yilda bir marta bo’ladigan tanlovda
b?riladi rubob. M?n o’zim qatnashib?
ko’rganman. Tor olganlarning ko’pchiligi k?yin mashhur bo’lib
k?tdi? ko’pchiligi sahnadan tushib k?tdi. Hozir
hofizlar ko’pku? d?ydi Ro’zimboy Hasan.
Otajon Xudoyshukurov
bu duneda 50 yil umr ko’rdi. Bu 50 yilning 40 yilida qo’shiq kuyladi. Bir paytlar magnit
l?ntalariga muhrlangan ovoz bugun global
int?rn?t to’ridagi portallar
vositasida dunening turli burchagidagi Otajon aka muxlislariga
?tib bormoqda.
|